Arsenal La Liga futbolchisini nishonga oldi


Elche klubi yarim himoyachisi Rodrigo Mendosa Londonning \"Arsenal\" jamoasiga o‘tishi mumkin. \"Kanonirlar\" 20 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatishmoqda va kelasi yilda uni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda, deb xabar beradi jurnalist Sem Din.
Futbolchining shartnomasida 20 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Katta ehtimol bilan Mendosa mavsum yakunida \"Elche\"ni tark etadi, biroq yanvar oyida transfer amalga oshishi ehtimolidan ham voz kechilmaydi.
Rodrigo Mendosa joriy mavsumda \"Elche\" safida o‘nta o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, umidli ispaniyalik futbolchining transfer qiymati 9 million yevroga baholanmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













