Alonso: Vinisiusning oʻyini ajoyib boʻldi

Madridning "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar Ligasi doirasida Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasiga qarshi oʻyinda (4:3) Vinisius Juniorning oʻyinini yuqori baholadi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar safida Kilian Mbappe toʻrtta gol urib, oʻyinning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritdi.
Ammo Alonso braziliyalik futbolchi Vinisiusning ishtirokini alohida taʼkidlashni lozim topdi. Vinisius fransiyalik hujumchiga ikki bora golli uzatma berdi.
"Mbappe bugun gollar kiritdi, ammo Vinisiusning oʻyini ajoyib boʻldi. Biz jamoaviy ruhni saqlab qolamiz – bu juda muhim.
Vinisiusning golini bekor qilishgani men uchun achinarli boʻldi. Bu gol unga juda foydali boʻlardi", – dedi Alonso matbuot anjumanida.
Shuningdek, oʻyindan soʻng Kilian Mbappe ham jurnalistlarga bergan intervyusida Vinisiusning oʻyinini yuqori baholadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ammo Alonso braziliyalik futbolchi Vinisiusning ishtirokini alohida taʼkidlashni lozim topdi. Vinisius fransiyalik hujumchiga ikki bora golli uzatma berdi.
"Mbappe bugun gollar kiritdi, ammo Vinisiusning oʻyini ajoyib boʻldi. Biz jamoaviy ruhni saqlab qolamiz – bu juda muhim.
Vinisiusning golini bekor qilishgani men uchun achinarli boʻldi. Bu gol unga juda foydali boʻlardi", – dedi Alonso matbuot anjumanida.
Shuningdek, oʻyindan soʻng Kilian Mbappe ham jurnalistlarga bergan intervyusida Vinisiusning oʻyinini yuqori baholadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













