İyelpo: Maignan italyan darvozabonlaridan farq qiladi

İyelpo: Maignan italyan darvozabonlaridan farq qiladi
Italiyaning "Milan" jamoasining sobiq darvozaboni Mario İyelpo klubdagi vaziyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. U fransiyalik darvozabon Mayk Maignan haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

O‘tgan dam olish kunlari Maignan "Inter" bilan o‘yinda qahramonlardan biri bo‘ldi. "Maignan italyan darvozabonlaridan juda farq qiladi.

Bizning maktabimiz texnikaga asoslangan, Maignan esa butunlay boshqacha uslubga ega. Ammo u haqiqiy fenomen, jismonan kuchli, aqlli va o‘zining o‘ziga xos xarizmasiga ega", - dedi İyelpo pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Mario İyelpo 1993 yildan 1996 yilgacha "Milan" safida to‘p surgan. Maignan esa fransuzning "Lill" klubidan 2021 yilda "Milan"ga kelgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.