Mbappe: Biz Alonso bilan birgamiz

Mbappe: Biz Alonso bilan birgamiz

Mbappe: Biz Alonso bilan birgamiz
Madridning \"Real\" klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning isteʼfosi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. \"Odamlar juda koʻp gapirishadi.

Biz murabbiyimizni qoʻllab-quvvatlashimiz kerak. Biz bir jamoa boʻlib oʻzimizni va murabbiyimizni, shuningdek, uning shtabini himoya qilishimiz lozim\", — deydi Mbappening soʻzlarini jurnalist Fabrichio Romano keltiradi.

UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining beshinchi turida \"Real\" safarda Gretsiyaning \"Olimpiakos\" klubini 4:3 hisobida magʻlub etdi. Mazkur uchrashuvda Mbappe poker (toʻrtta gol) muallifi boʻldi.

30-noyabr kuni \"Real\" oʻzining navbatdagi uchrashuvini oʻtkazadi. Ispaniya La Ligasining 14-turi doirasida \"Qirollik klubi\" \"Jirona\"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.