Gravenberx: "Liverpul"ning asosiy muammosi nima?


Liverpul yarim himoyachisi Rayan Gravenberx Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida PSVga qarshi oʻyinda 1:4 hisobidagi yirik magʻlubiyatdan soʻng jamoaning asosiy muammosini ochiqladi. \"Qizillar\" oʻz maydonida, \"Enfild\" stadionida magʻlub boʻlishdi.
\"Hozir bizning asosiy muammomiz - raqiblarga koʻplab gollar urdiryapmiz. Hozircha rejamiz boʻyicha ishlar ketmayapti.
PSVga yutqazganimizdan keyin juda gʻazablandik. Ikkinchi boʻlimda hammasi bizning foydamizga boʻlmadi.
Hozirgi paytda jamoamizning sport formasi yaxshi emas\", - dedi gollandiyalik futbolchi \"qizillar\" matbuot xizmatiga bergan intervyusida. Keyingi uchrashuvda \"Liverpul\" 30-noyabr kuni safarda Londonning \"Vest Xem\" klubiga qarshi oʻynaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













