Sslot: "Vest Xem"ga qarshi o'yin – jiddiy sinov

Sslot: "Vest Xem"ga qarshi o'yin – jiddiy sinov
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Sslot Angliya Premyer-ligasida "Vest Xem"ga qarshi bo'ladigan navbatdagi o'yin haqida fikr bildirdi. "Eshpiritu Santu Angliyada hamma joyda ajoyib ish olib borgan.

Uning jamoalariga qarshi o'ynash qiyin ekani isbotlangan. Hozirgi kunda "Vest Xem"ni mag'lub etish oson emas.

Jamoamiz bu murakkab sinovga tayyor bo'lishi kerak. Boshlang'ich tarkibni o'zgartiramanmi?

Hamma mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda va o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega. Bu har doim muvozanatni talab etadi.

Ba'zida mag'lubiyatdan so'ng tarkibda o'zgarishlar qilganimda, odamlar o'zgartirishlar juda ko'p bo'lganidan shikoyat qilishardi. Albatta, hammasini o'ylab ko'rayapman, lekin yakshanba kuni nima qilishimni hozircha aniq ayta olmayman", – dedi Sslot jurnalistlarga.

"Vest Xem" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yin 30-noyabr kuni Moskva vaqti bilan 17:05da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.