Rabiot: Meynan derbida ajoyib o'ynadi

Fransuz darvozaboni Mayk Meynan o'tgan dam olish kunlari "Milan"ning "Inter"ga qarshi derbidagi g'alabasida muhim rol o'ynadi. U Hakon Chalxanogʻluning penalti zarbasini qaytarib, bir nechta muhim seyvlar amalga oshirdi.
Uning bu ajoyib o'yini haqida jamoadoshi, fransuz yarim himoyachisi Adrien Rabiot fikr bildirdi. "Yakshanba kuni Mayk ajoyib edi.
Umid qilamanki, u biz bilan, ya'ni 'Milan'da qoladi. Dunyo futbolida kuchli darvozabonlar ko'p emas, Mayk ulardan biri.
U klubni yaxshi ko'radi, lekin uning shartnoma muzokaralari haqida batafsil ma'lumotga ega emasman", - deya Rabiotning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib o'tamiz, Mayk Meynan 2021-yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uning bu ajoyib o'yini haqida jamoadoshi, fransuz yarim himoyachisi Adrien Rabiot fikr bildirdi. "Yakshanba kuni Mayk ajoyib edi.
Umid qilamanki, u biz bilan, ya'ni 'Milan'da qoladi. Dunyo futbolida kuchli darvozabonlar ko'p emas, Mayk ulardan biri.
U klubni yaxshi ko'radi, lekin uning shartnoma muzokaralari haqida batafsil ma'lumotga ega emasman", - deya Rabiotning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib o'tamiz, Mayk Meynan 2021-yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













