Rabiot tan oldi: "Yuve"ga faqat Allegri uchun o'tgan edim

Rabiot tan oldi: "Yuve"ga faqat Allegri uchun o'tgan edim

Rabiot tan oldi: "Yuve"ga faqat Allegri uchun o'tgan edim
Fransuz yarim himoyachisi Adrien Rabiot Massimiliano Allegri uning futbolchilik faoliyatida alohida oʻrin tutishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Rabiot 2019-yilda \"Yuventus\"ga aynan Allegri bilan suhbatdan soʻng oʻtishga qaror qilgan.

\"Men 2019-yilda \"Yuventus\"ni faqat Allegri tufayli tanlagan edim. Biz qaror qabul qilishimdan avval uchrashgan edik va u menga juda yoqdi.

Ammo Turinga koʻchib oʻtganimda, u jamoada emas edi. Allegri 2021-yilda qaytdi va biz ajoyib ish munosabatlarini oʻrnatdik\", – deydi Rabiot pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Rabiot fransuzning \"Marsel\" klubidan \"Milan\"ga oʻtgan. Bungacha u \"PSJ\" safida ham oʻynagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.