Kolumbiyalik futbolchi "Manchester Yunayted" bilan shartnoma tuzadi


17 yoshli yarim himoyachi Kristian Orosko faoliyatini \"Manchester Yunayted\"da davom ettiradi. \"Qizil iblislar\" Kolumbiyaning \"Fortaleza\" klubidan yosh iqtidorni o‘z safiga qo‘shib olish jarayonini yakunladi.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoning ma\'lumotiga ko‘ra, futbolchi Angliyaga yetib kelgan va Manchester klubi bilan shartnoma imzolaydi. Transfer qiymati 1 million AQSh dollariga baholanmoqda.
\"Manchester Yunayted\"ning ushbu iste\'dodli futbolchini sotib olish niyati bir necha oy oldin ma\'lum bo‘lgandi. Kristian Orosko Kolumbiya yoshlar terma jamoasi safida 13 o‘yinda maydonga tushgan.
Yakshanba kuni Ruben Amorim jamoasi APL doirasida \"Kristal Pelas\"ga qarshi bahs olib boradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













