Jorje Jezush Ronaldu goli haqida fikr bildirdi


Al-Nasr bosh murabbiyi Jorje Jezush Saudiya Arabistoni chempionati doirasida Al-Xalijaga qarshi o\'yinda (4:1) Krishtianu Ronaldu tomonidan urilgan golni yuqori baholadi. 40 yoshli hujumchi 96-daqiqada \"qaychi\" usulida ajoyib gol urdi.
Jezushning so\'zlariga ko\'ra, \"Krishtianu haqiqatdan ham fantastik gol urdi – aynan o\'shanday golni u avvalroq Yuventusga qarshi o\'yinda ham urgan edi. Uning maydondagi va maydon tashqarisidagi hissasini ortiqcha baholashning iloji yo\'q.\" Krishtianu Ronalduning butun faoliyati davomida 954 ta goli bor.
Saudiya ligasi to\'purarlar ro\'yxatida u faqatgina jamoa sherigi va vatandoshi Joau Felishdan ortda qolmoqda – 10 golga qarshi 11 gol.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













