"Garri Potter" Keremga qimmatga tushdi: Warner Bros sudga bermoqda

"Garri Potter" Keremga qimmatga tushdi: Warner Bros sudga bermoqda

"Garri Potter" Keremga qimmatga tushdi: Warner Bros sudga bermoqda
Turkiyaning \"Fenerbaxche\" klubi futbolchisi Kerem Artyurkogʻlu kutilmagan muammoga duch keldi. Uni mashhur Warner Bros.

kinostudiyasi sudga berdi. Gap shundaki, futbolchi \"Garri Potter\" sarguzashtlari ishqibozi bo‘lib, oʻzining gollarini mazkur film qahramonlaridan biriga ishora qilib nishonlaydi.

Biroq, muammo uning golni qanday nishonlashida emas, balki ijtimoiy tarmoqlardagi baʼzi postlariga \"Garri Potter\" filmlaridan olingan musiqalarni qoʻshib eʼlon qilganida. Bu esa mualliflik huquqini buzish hisoblanadi.

Agar futbolchi bu masalani hal qilmasa, ish sud orqali koʻrib chiqiladi. Eslatib oʻtamiz, yoz oxirida Artyurkogʻlu Lissabonning \"Benfika\" klubini tark etib, Turkiyaga qaytgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.