Benzema Ronalduni uchrashuv haqida gapirdi

Benzema Ronalduni uchrashuv haqida gapirdi

Benzema Ronalduni uchrashuv haqida gapirdi
Yaqinda \"Al-Ittixod\" va \"Al-Nasr\" jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda sobiq \"Real\" hamkasblari Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu maydonda toʻqnash kelishdi. Ushbu uchrashuv haqida Benzema oʻz fikrlarini bildirdi.

\"Bir necha hafta oldin \"Al-Nasr\" va \"Al-Ittixod\" oʻrtasida oʻyin boʻlib oʻtdi, yaʼni Ronaldu va Benzema maydonda bir-birlariga qarshi oʻynashdi. Baʼzi jurnalistlar maydon chetidagi salomlashuvni sovuq deb baholashdi.

Ammo bu notoʻgʻri. Biz oʻyin oldidan kiyinish xonasida gaplashdik, quchoqlashdik va suhbatlashdik.

Maydonda esa bu kabi harakatlarni takrorlash shart emas. Biz bir-birimizga juda hurmat bilan qaraymiz va hammasi yaxshi.

Biz bir-birimizdan koʻp narsalarni oʻrganganmiz. Televizion kameralar oldida nimanidir namoyish qilishga ehtiyoj yoʻq.

Maydonda esa har birimiz oʻz ishimizni qilamiz\", – dedi Benzema AS nashriga bergan intervyusida. Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronaldu \"Real\"ni 2018-yilda tark etgan boʻlsa, Karim Benzema 2023-yilda madridliklar safini tark etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.