Gamburg 10 kishi bilan gʻalaba qozondi


\"Gamburg\" va \"Shtutgart\" Germaniya chempionati 14-turi doirasida oʻzaro kuch sinashdi. Mazkur oʻyin kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Mehmonlar maydonda ustunlikni qoʻlga kiritishdi va 81-daqiqada hisob 1:1 boʻlganida ular son jihatdan koʻpchilik boʻlishdi. Biroq, shunda ham \"Gamburg\" imkoniyatni qoʻldan boy bermadi va oʻyinning ikkinchi boʻlimiga qoʻshib berilgan toʻrtinchi daqiqada Fabio Vieyra gol urib, jamoasiga gʻalaba keltirdi.
Bu gʻalaba \"Gamburg\"ning Bundesligadagi beshta gʻalabasiz oʻyinlar seriyasiga yakun yasadi. \"Dinozavrlar\" turnir jadvalida 13-oʻringa koʻtarilishdi.
\"Shtutgart\" esa magʻlubiyatga uchrab, 6-oʻrinda qolmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













