Penalti "Ayntraxt"ni mag‘lubiyatdan qutqardi

Penalti "Ayntraxt"ni mag‘lubiyatdan qutqardi

Penalti "Ayntraxt"ni mag‘lubiyatdan qutqardi
\"Ayntraxt\" va \"Volfsburg\" Germaniya Bundesligasining 12-turida o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuv davomida hisob uzoq vaqt ochilmadi.

67-daqiqada \"Volfsburg\" futbolchisi Aron Zenter hisobni ochdi va mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng, \"Ayntraxt\" futbolchilari hujumga o‘tib, o‘yinni tenglashtirishga harakat qilishdi.

Nihoyat, qo‘shib berilgan vaqtda Mishi Batshuayi tomonidan aniq amalga oshirilgan penalti \"Ayntraxt\"ga durang natijani taqdim etdi. Batshuayi ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan edi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi va tomonlar ochkolarni bo‘lishib olishdi. Ushbu natijadan so‘ng, \"Ayntraxt\" Germaniya chempionatining turnir jadvalida 21 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

\"Volfsburg\" esa 9 ochko bilan 15-o‘rinda qoldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.