Real Madrid Xabi Alonsoni isteʼfoga chiqarishi mumkin

Real Madrid Xabi Alonsoni isteʼfoga chiqarishi mumkin
Real Madrid klubi La Ligada navbatdagi gʻalabasiz oʻtgan oʻyindan soʻng bosh murabbiy Xabi Alonsoning isteʼfosi masalasini koʻrib chiqmoqda. Jamoa "Jirona"ga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang qayd etdi va chempionat jadvalida birinchi oʻrinni "Barselona"ga boy berdi.

Pep Alvaresning xabariga koʻra, klub prezidenti Florentino Peres faqat bitta nomzodni koʻzda tutgan – bu Zinedin Zidan. Shunga qaramay, bu maʼlumotni hozircha rasmiy manbalar tasdiqlamagan.

Xabi Alonso joriy yil yozida Karlo Anchelottining oʻrnini egallagan edi. Real Madridning navbatdagi oʻyini 3-dekabr kuni "Atletik Bilbao"ga qarshi safarda oʻtkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.