Buondjorno: Mana shunday gʻalaba qozonish kerak!

Buondjorno: Mana shunday gʻalaba qozonish kerak!

Buondjorno: Mana shunday gʻalaba qozonish kerak!
Italiya chempionatining oʻn uchinchi turida \"Napoli\" safarda \"Roma\"ni magʻlub etdi. Bu gʻalaba uchun neapolliklarga birgina gol va mustahkam himoya yetarli boʻldi — bu uslub Antonio Kontening sevgan falsafasidir.

Shu falsafani \"Napoli\" klubi himoyachisi Alessandro Buondjorno ham qoʻllab-quvvatlaydi. \"Biz oʻyinga taktik jihatdan yaxshi tayyorlandik, biroq farqni asosan oʻyinimizdagi intensivlik keltirdi.

Maydon markazida va jarima maydonchalarida koʻplab yakkakurashlarni yutib oldik, bu esa muhim omil boʻldi\", — deya Buondjorning soʻzlarini keltiradi calcionapoli1926.it. Keyingi turda neapolliklar Kontening sobiq jamoasi — \"Yuventus\"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.