Fransiyada "Yong Boys" o‘yini namoyish etilmaydi

Fransiyada "Yong Boys" o‘yini namoyish etilmaydi
Fransiyaning "Lill" futbol jamoasi Yevropa Ligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini Shveysariyaning "Yong Boys" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Bern shahrida bo‘lib o‘tadi, ammo Fransiyada bu uchrashuv efirga uzatilmaydi.

Bu haqda turnirni translyatsiya qilish huquqiga ega bo‘lgan Canal+ telekanali rasmiy ravishda e’lon qildi. Bunga sabab sifatida "Yong Boys" futbol jamoasining liboslarida joylashgan trading kompaniyasi Plus500 reklamasining Fransiyada taqiqlangani ko‘rsatilmoqda.

Ushbu kompaniya 2016-yildan beri "qora ro‘yxat"ga kiritilgan bo‘lib, u yerda reklama qilish man etilgan. Natijada, bu holat nafaqat moliyaviy xavfdan himoyalanishga intilayotgan investorlarni, balki futbol ishqibozlarini ham chekladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.