Rafinya 2026 yilda "Barselona"ni tark etishi mumkin

Rafinya 2026 yilda "Barselona"ni tark etishi mumkin
Barselonaning braziliyalik vingeri Rafinya Dias kelasi yil yozida klubni tark etishi mumkin. Yulduz futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha amal qiladi, ammo Saudiya Arabistoni chempionati vakillari allaqachon unga qiziqish bildirishgan.

Diario Sport xabariga ko'ra, agar Rafinya jahon chempionatidan so'ng o'zi transferni so'rasa, kataloniyaliklar uni Saudiya klubiga sotishga rozi bo'lishi mumkin. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Rafinhaning narxi 90 million yevro atrofida baholanmoqda.

Shu oyning o'zida "Barselona" hujum chizig'ining yetakchisiga 29 yosh to'ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.