Luis Diasning diskvalifikatsiyasi qisqartirildi

Luis Diasning diskvalifikatsiyasi qisqartirildi
Noyabr oyi boshida "Bavariya" safarda "PSJ"ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Luis Dias dubl qayd etdi, biroq birinchi boʻlim yakunida Ashraf Hakimiga qarshi qoʻpollik qilgani uchun qizil kartochka oldi.

Marokashlik futbolchi jiddiy jarohat olib, hali ham tiklanish jarayonida. Dastlab Diasga uchta oʻyin diskvalifikatsiyasi belgilangan edi.

Ammo UEFA apellyatsiyadan soʻng diskvalifikatsiyani ikki oʻyinga qisqartirdi. Luis Dias allaqachon bir Chempionlar ligasi oʻyinini oʻtkazib yubordi.

Kolumbiyalik futbolchi keyingi bosqichdagi "Sporting"ga qarshi oʻyinda ham maydonga tusha olmaydi. Biroq umumiy bosqichning yettinchi turida "Union Sent-Jilluaz"ga qarshi oʻyinda qatnashishi mumkin.

Uchrashuv 21-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.