Xavyer Zanetti Olimpiya olovini Milanga olib boradi

Xavyer Zanetti Olimpiya olovini Milanga olib boradi
2026-yilning 6-fevralidan 22-fevraligacha Italiya "Milano-Kortina" hududida qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqaga tayyorgarlik doirasida Olimpiya olovini Milanga yetkazish jarayonida "Inter" klubining vitse-prezidenti Xavyer Zanetti ham ishtirok etadi.

Olimpiya olovi yo‘li endigina boshlangan bo‘lib, u 63 kun davomida 12 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi va oltmishdan ziyod yirik shaharlardan o‘tadi. Zanetti Komo shahrida mashhur ispan mutaxassisi, "Komo" jamoasi bosh murabbiyi Sesk Fabregas va futbolchi Alisha Leman bilan birgalikda estafetani qabul qilib oladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Alisha Lemanning uyiga o‘g‘irlik uyushtirilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.