Keyn: Zaxiradan tushish odatim emas

Keyn: Zaxiradan tushish odatim emas
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn Germaniya Bundesligasining 13-turida "Shtutgart"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ularini bo‘lishdi. Uchrashuv 5:0 hisobida "Bavariya" foydasiga yakunlandi.

Keyn 60-daqiqada o‘yinga qo‘shilib, yarim soat ichida xet-trik qayd etdi. "Bu men odatlangan holat emas, lekin bu mavsumda bir necha bor sodir bo'ldi.

Murabbiy menga kuchni tejash va yangi energiyani saqlashni maslahat berdi", - dedi hujumchi "Bavariya" matbuot xizmatiga. "Bavariya" 37 ochko to‘plab, Germaniya chempionati yetakchiligini davom ettirmoqda.

Ular ikkinchi o‘rindagi "Leyptsig"ni sakkiz ochkoga ortda qoldirishgan. Keyn 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 27 o‘yinda qatnashib, 31 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.