Shlotterbek Real yoki Bavariyaga o'tishni xohlamoqda

Shlotterbek Real yoki Bavariyaga o'tishni xohlamoqda

Shlotterbek Real yoki Bavariyaga o'tishni xohlamoqda
Borussiya Dortmund himoyachisi Niko Shlotterbek kelasi yili jamoani tark etishi va nufuzliroq klubga o\'tishi kutilmoqda. Allaqachon turli jamoalar bilan bog\'liq mish-mishlar paydo bo\'lgan.

Transfer News Live nemis Sky manbasiga asoslanib xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi Real Madrid yoki Bavariya klublariga o\'tish variantlariga qiziqish bildirmoqda. Hozirda uning agentlari katta klublarni o\'rganib, Shlotterbekni sotib olishga tayyor jamoalarni aniqlashmoqda.

Niko Shlotterbek Borussiya Dortmund safida 138 ta o\'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 18 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.