Real uch himoyachisiz maydonga tushdi

Real uch himoyachisiz maydonga tushdi
Madridning "Real" jamoasi "Selta"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinni (0:2) to'qqiz kishi bo'lib yakunladi. O'yinning 24-daqiqasida jarohat olgan Eder Militao almashtirildi va uning o'rniga Antonio Ryudiger tushirildi.

Ikkinchi bo'lim boshida "Real" birinchi golni o'tkazib yubordi, 66-daqiqada esa Fransisko Garsiya bir daqiqada ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. O'yinning yakuniy daqiqalarida Alvaro Karreras ham hakam bilan qizg'in bahslashgani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

To'qqiz kishi bo'lib qolgan "Real" deyarli darhol Villiot Svedberg tomonidan urilgan ikkinchi golni o'tkazib yubordi. Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa 16 turdan so'ng La Liga jadvalida 36 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Yetakchi "Barselona"dan to'rt ochko ortda qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.