Kanchelskis Manchester Yunayted haqida fikr bildirdi

Kanchelskis Manchester Yunayted haqida fikr bildirdi
Sobiq "Manchester Yunayted" futbolchisi Andrey Kanchelskis "Yevro-Futbol.Ru" internet nashriga bergan intervyusida ingliz jamoasining Premyer-ligadagi o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. "Juda xohlayman, "Manchester Yunayted" Aleks Fergyuson davridagidek o'ynab, faqat birinchi o'rin uchun kurashsa.

Afsuski, hozircha biz faqat jamoaning yana o'rtamiyona natijalar ko'rsatayotganini kuzatmoqdamiz. Umid qilamanki, bu turg'unlik tez orada yakun topadi", — dedi Kanchelskis.

"Manchester Yunayted" Ruben Amorim boshchiligida joriy mavsumda Yevrokuboklarda ishtirok etmayapti. O'tgan mavsumda mankunianliklar Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 15-o'rinni egalladi (bu klub tarixidagi eng yomon natija) va Yevropa Ligasi finalida "Tottenhem"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.