Xabi Alonso: "Hozir men kerakli joydaman"

Xabi Alonso: "Hozir men kerakli joydaman"
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Liverpul" klubi bilan bogʻliq mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi. "Ko'pchilik meni kelajakda "Liverpul" boshqaruvchisi sifatida ko'rmoqda..." "Hozir men bu yerda, o'zim xohlagan joydaman", - dedi Alonso seshanba kuni o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, u "Selta" bilan o'tkazilgan o'yindan so'ng klub rahbariyatidan qo'llab-quvvatlash olganmi degan savolga javob berdi: "Bizda doimiy muloqot mavjud. Ishonch, birlik va e'tibor orqali ishlayapmiz.

Biz yagona jamoamiz." Eslatib o'tamiz, "Real" yakshanba kuni "Selta"ga o'z maydonida 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Endi esa ular 10-dekabr chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.