Mohamed Salahning kelajagi haqida yangi taxminlar

Mohamed Salahning kelajagi haqida yangi taxminlar
The Athletic nashrida yulduz hujumchi Mohamed Salahning kelajagiga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Ma'lum qilinishicha, misrlik futbolchi murabbiy va klub tanqididan so‘ng "Inter"ga qarshi uchrashuvga bormagan.

Salah asosiy tarkibga kiritilmagani sababli noroziligini ochiq bildirgan. Manbaning yozishicha, Salah "Liverpul"ni tark etsa, uning uchun asosiy variantlardan biri Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bo‘lishi mumkin.

Ushbu klub avval ham Salahga qiziqish bildirgan va bitimni amalga oshirish uchun yetarli resurslarga ega. Shuningdek, Salahning Amerika MLS ligasidagi bir qancha klublar bilan hamkorlik qilish ehtimoli bor.

Hujumchi "Chikago Fayr" yoki "San-Diyego" klublariga yo‘l olishi mumkin. Biroq, Lionel Messi to‘p surayotgan "Inter Mayami" Salahni o‘z safiga qo‘shishni rejalashtirmagan.

Ushbu klub boshqa futbolchini nishonga olganligi ma'lum qilingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.