Rodrigo Manchester Siti darvozasiga eng ko‘p gol urdi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo yana "Manchester Siti" darvozasini ishg‘ol qildi. Braziliyalik futbolchi Chempionlar Ligasi bugungi uchrashuvida hisobni ochdi va 28-daqiqada Jannluiji Donnarumma darvozasiga to‘p kiritdi.
Bu 24 yoshli futbolchining "shaharliklar" darvozasiga urgan beshinchi goli bo‘lib, u faoliyati davomida hech bir jamoaga shuncha gol urmagan. Rodrigo uchun eng "sevimli" raqiblar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni "Sevilya" egallaydi – unga qarshi to‘rtta gol urilgan.
E’tiborlisi, Rodrigo "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinga qadar "Real" safida ketma-ket 32 uchrashuvda gol ura olmagan edi. Bu hujumchi futbolchilar orasida klub tarixidagi eng uzoq gol urishdagi tanaffus hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu 24 yoshli futbolchining "shaharliklar" darvozasiga urgan beshinchi goli bo‘lib, u faoliyati davomida hech bir jamoaga shuncha gol urmagan. Rodrigo uchun eng "sevimli" raqiblar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni "Sevilya" egallaydi – unga qarshi to‘rtta gol urilgan.
E’tiborlisi, Rodrigo "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinga qadar "Real" safida ketma-ket 32 uchrashuvda gol ura olmagan edi. Bu hujumchi futbolchilar orasida klub tarixidagi eng uzoq gol urishdagi tanaffus hisoblanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













