Kanchelskis: Meni Angliyada hali ham tanib olishadi

Kanchelskis: Meni Angliyada hali ham tanib olishadi
Sobiq "Everton" va "Manchester Yunayted" futbolchisi Andrey Kanchelskis Angliyadagi faoliyati va Devid Moyes rahbarligidagi tajribasi haqida fikr bildirdi. "Everton"ning yangi stadionida mening futbolkamni osib qo‘yishgan.

Shuningdek, mening futbolkam "Manchester Yunayted" muzeyida ham saqlanmoqda. Meni ko‘pincha Angliya ko‘chalarida, ayniqsa stadionlarda tanib olishadi, barchasi meni qadrlaydi va hurmat qiladi," – deydi Kanchelskis "RB Sport" portaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Kanchelskis Angliyada o‘z faoliyatining jami o‘n yilini o‘tkazgan. U "Manchester Yunayted", "Everton", "Manchester Siti" va "Sautgempton" kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Hozirda 56 yoshli murabbiy Rossiyaning Ikkinchi liga A bo‘limidagi Bryansk "Dinamo" klubini boshqaradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.