Konate va "Liverpul" yangi shartnoma haqida muzokara qilmoqda

Konate va "Liverpul" yangi shartnoma haqida muzokara qilmoqda
Ibrahima Konate "Liverpul" bilan yangi shartnoma tuzish borasida muzokaralar olib bormoqda. Fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yoz fasliga qadar amal qiladi.

Shu sababli uni "Real", "Bavariya" va "PSJ" kabi yirik klublar bilan bog‘layotgan transfer mish-mishlari tez-tez uchramoqda. Yaqinda "Real" himoyachisi Eder Militaoning og‘ir jarohat olishi sababli madridliklar yana Konatega qiziqishni qayta ko‘rsatdi.

Biroq, Football Insider xabariga ko‘ra, Konate va "Liverpul" o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuv yaqin haftalarda – qishki transfer oynasi ochilishidan oldin amalga oshishi mumkin. Ibrahima Konate 2021-yilning yozidan beri "Liverpul" safida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.