Real hujumchisi Germaniya Bundesligasiga o'tishi mumkin

Real hujumchisi Germaniya Bundesligasiga o'tishi mumkin
Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini Germaniyaning "Shtutgart" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Shtutgart" 21 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga juda qiziqmoqda. Garsiya yozgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yaxshi o‘yin ko‘rsatgani tufayli klubning talablariga deyarli to‘liq javob beradi.

Shu bilan birga, "Shtutgart" boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda. Joriy mavsumda Gonsalo Garsiya barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Ammo hali gol urishga muvaffaq bo‘lgani yo‘q. Garsiyaning "Real" bilan shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.