FIFA Rossiya yoshlar jamoalariga ruxsat bo‘yicha bayonot berdi

FIFA Rossiya yoshlar jamoalariga ruxsat bo‘yicha bayonot berdi
FIFA tashkiloti Rossiya yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarining xalqaro musobaqalarda ishtirokiga oid bayonot berdi. Oldinroq Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) Rossiya yosh sportchilariga nisbatan barcha cheklovlarni bekor qilgan edi.

Endilikda ular barcha sport turlari va yo‘nalishlarda davlat bayrog‘i va madhiyasi ostida qatnashishlari mumkin. Bu tavsiyalar jamoaviy sport turlari vakillariga ham tegishli.

FIFA matbuot xizmati "Biz bu masalani sinchkovlik bilan ko‘rib chiqamiz va qo‘shimcha ma’lumot bo‘lsa, sizlarga xabar beramiz", - deya ma’lum qildi. Shuningdek, XOQ Belarusda xalqaro musobaqalar o‘tkazishga ruxsat berdi.

Belarus Rossiya jamoalari uchun uy uchrashuvlarini o‘tkazish uchun neytral hudud sifatida qaralishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.