Yuventus Inter futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

Yuventus Inter futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi
Milanning Inter klubi yarim himoyachisi Davide Frattesi qishki transfer oynasida Yuventusga o‘tishi mumkin. "Keksa sinyora" vakillari yaqin kunlarda 26 yoshli futbolchining agenti bilan bevosita bog‘lanishganini insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Turin klubi futbolchi bilan hamkorlik shartlari haqida ma’lumot so‘ragan, ammo hozircha rasmiy taklif yuborilmagan. Muzokaralar hali boshlang‘ich bosqichda.

Yuventusning yangi bosh murabbiyi Luchano Spalletti ushbu transferni qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki u futbolchini Italiya terma jamoasidagi hamkorlik davridan yaxshi biladi. Transfermarkt portali Frattesining qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.