Del Piero "Yuventus"dagi murakkab vaziyat haqida gapirdi

Del Piero "Yuventus"dagi murakkab vaziyat haqida gapirdi
Italiya futbolining afsonasi Alessandro Del Piero hozirgi kunda "Yuventus" klubidagi vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. "Hozirgi atmosfera har bir futbolchiga mos kelavermaydi.

Vaziyat murakkab. Muayyan qiyinchiliklar bor, lekin biz bilamizki, o‘yinchilarimiz avvalgi klublarida bundan ham noqulayroq sharoitda bo‘lishgan.

Ammo qiyinchiliklarsiz bo‘lmaydi, ular har doim yuzaga keladi", - dedi Del Piero "Tuttosport"ga bergan intervyusida. Italiya chempionatining 14-turidan so‘ng "Yuventus" 23 ochko to‘plab, turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Turin klubi peshqadam "Napoli"dan 8 ochko ortda qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.