Massimiliano Allegri noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Massimiliano Allegri noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionati A Seriyasida noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilindi. O‘tgan oy davomida "Milan" 12 imkoniyatdan 10 ochko to‘plab, "Roma", "Latsio" va "Inter" jamoalarini mag‘lub etdi, shuningdek, "Parma"ga qarshi o‘yinda 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Allegri sentyabr oyida ham eng yaxshi murabbiy sifatida tan olingan edi. Shunday qilib, bu joriy mavsumdagi uning ikkinchi shunday mukofoti bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" hozirda Italiya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Yakshanba kuni klub A Seriyaning 16-turi doirasida o‘z maydonida "Sassuolo"ga qarshi o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.