Spalletti: «Juventus» men boshqargan davrdagi eng yaxshi o'yinni ko'rsatdi

Spalletti: «Juventus» men boshqargan davrdagi eng yaxshi o'yinni ko'rsatdi

Spalletti: «Juventus» men boshqargan davrdagi eng yaxshi o'yinni ko'rsatdi
«Juventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyada «Bolonya»ga qarshi o\'yinda (1:0) jamoasining harakatlarini yuqori baholadi. Turin klubi safarda minimal hisobda g\'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona golni 64-daqiqada Xuan Kabal aniq zarba bilan urdi. «Bu men tayinlanganimdan beri bizning eng yaxshi o\'yinimiz.

Ajoyib g\'alaba. Bugungi chiqishlari uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildirdim.

Jamoa yakungacha maksimal diqqatni saqlab qoldi», — deya Spallettining so\'zlarini Nikolo Skiraga tayanib «Gazeta.Ru» keltiradi. 15 turdan so\'ng «Qari sinyora» Italiya chempionati turnir jadvalida 26 ochko bilan 5-o\'rinda bormoqda.

Peshqadam «Inter»dan ortda qolish 7 ochkoni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.