Remzi D'yokereshning harakatchanligi va mehnatsevarligini yuqori baholadi

Remzi D'yokereshning harakatchanligi va mehnatsevarligini yuqori baholadi
Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Aaron Remzi hujumchi Viktor D'yokereshning joriy mavsumdagi o'yiniga baho berdi. "To'pchilar" forvardni o'tgan yozda Lissabonning "Sporting" klubidan 65 million yevrodan ortiq mablag' evaziga transfer qilgan edi.

Yulduzli yangi futbolchi hozircha yuqori natijadorlik ko'rsatayotgani yo'q: 19 uchrashuvda 6 gol. Remzi ingliz OAViga tayanib "Gazeta.Ru" keltirgan fikrida D'yokereshdan bundan ham ko'proq kutish mumkinligini aytgan bo'lsa-da, uning ochilishlari, to'psiz harakati va pressingdagi faolligini alohida e'tirof etdi.

"Uning mehnat etikasi juda yuqori. O'ylaymanki, u maydondagi harakatlari bilan hujumga katta yordam bermoqda.

Vaqti kelib gollar ham chiqadi. Ishonamanki, D'yokeresh "Arsenal"da ko'plab muvaffaqiyatli mavsumlar o'tkazadi.

Eng muhimi, u shu kabi tezlanishlarni davom ettirishi", dedi Remzi. Shanba, 20 dekabr kuni Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa safarda "Everton"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.