Oviedo muxlislari klub rahbariyatiga qarshi hujum qildi

Oviedo muxlislari klub rahbariyatiga qarshi hujum qildi
Ispaniya futbolining oliy ligasiga qariyb chorak asrdan so'ng qaytgan Oviedoning muvaffaqiyatsiz natijalari muxlislar sabrini tugatdi. Klub rahbariyati bosh murabbiy Luis Karrionni iste'foga chiqargan bo'lsa-da, bu muxlislar uchun yetarli bo'lmadi.

Jamoa futbolchilari mashg'ulot bazasiga qaytganida, u yerda qariyb 200 nafar odam to'planib, ular bilan keskin suhbat o'tkazishga urinishi ma'lum bo'ldi. Voqea davomida olomon klub prezidenti Martin Pelaes, bosh direktor Agustin Lleyda hamda allaqachon ishdan bo'shatilgan Karrionning avtomobillariga ham hujum qildi.

Yakunda vaziyatni politsiya aralashuvi bartaraf etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.