Milan sobiq yarim himoyachisi Bruno Baveni 85 yoshida vafot etdi

Milan sobiq yarim himoyachisi Bruno Baveni 85 yoshida vafot etdi
Italiyaning “Milan” klubi sobiq futbolchisi, yarim himoyachi Bruno Baveni 85 yoshida hayotdan ko'z yumdi. U o'tgan asrning 60-yillarida milanliklar safida yorqin o'yinlari bilan tanilgan.

Baveni “Milan” bilan 1968 yilda Italiya chempioni bo'lgan. 1969 yilda esa Yevropa Chempionlar kubogini qo'lga kiritgan: finalda “Milan” Yoxan Kroyf yetakchiligidagi endigina kuchga kirib kelayotgan “Ayaks”ni yirik hisobda mag'lub etgan.

Shuningdek, u “Milan” bilan Kubok egalari kubogida ham g'olib chiqqan. Bruno Baveni futbolchilik faoliyatini 1974 yilda yakunlagan.

U 15 dekabr kuni nishonlashi kerak bo'lgan 86 yoshli yubileyiga atigi ikki kun yetmay vafot etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.