Brendan Rodjers Saudiya Arabistonidagi Al-Qadisiyani boshqardi

Brendan Rodjers Saudiya Arabistonidagi Al-Qadisiyani boshqardi
Shotlandiyaning “Seltik” hamda Angliyaning “Liverpul” klublarini boshqargan taniqli murabbiy Brendan Rodjers Saudiya Arabistoni chempionatida ish boshladi. 52 yoshli mutaxassisning yangi jamoasi “Al-Qadisiya” bo'ldi.

Klub matbuot xizmati Rodjers bilan mehnat shartnomasi imzolanganini rasman ma'lum qildi. Murabbiyning avvalgi ish joyi “Seltik” bo'lib, u o‘tgan kuzda shotland klubini tark etgan.

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida “Al-Qadisiya” 9 uchrashuv o‘tkazdi. Jamoa 17 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.