JAR terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishi mumkin

JAR terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishi mumkin
Janubiy Afrika Respublikasi futbol federatsiyasi prezidenti Denni Jordan Rossiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini tashkil etish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, bunday o'yin kelasi yili o'tkazilishi mumkin va JAR tomoni takliflarga ochiq.

Biroq hozircha Rossiya futbol ittifoqidan uchrashuv bo'yicha rasmiy taklif kelmagan, tomonlar o'rtasida muloqot ham bo'lmagan. Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA va UEFAning qo'shma qarori bilan xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan.

Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa hozirda faqat o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishi mumkin. Rossiya so'nggi nazorat uchrashuvida Chiliga 0:2 hisobida yutqazgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.