Inter himoyachisi Denzel Dyumfris uzoq muddat safdan chiqdi

Inter himoyachisi Denzel Dyumfris uzoq muddat safdan chiqdi
Denzel Dyumfris jarohati sababli “Inter” safida uzoq muddat maydonga tusha olmaydi. Milan klubi rasmiy manbalari xabariga ko‘ra, 29 yoshli niderlandiyalik himoyachiga jarrohlik amaliyoti zarur bo‘ldi.

Futbolchi to‘piq bo‘g‘imini barqarorlashtirish bo‘yicha operatsiyani boshdan kechirdi. Dyumfrisning tiklanish muddati ikki oydan uch oygacha cho‘zilishi mumkin.

Shu tariqa, “Inter” murabbiylar shtabi asosiy tarkibdagi futbolchilardan birini ancha vaqtga yo‘qotdi. Joriy mavsum A Seriyada Dyumfris 11 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.