Fabio Kannavaro Luciano Spallettini sevimli murabbiyi deb atadi


Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fabio Kannavaro 2025/2026 yilgi mavsumda Turinning \"Yuventus\" klubi A Seriya chempionligi uchun kurashdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Kannavaroning ta\'kidlashicha, \"Qari sinyora\" hozir asosiy raqobatchilaridan ortda qolayotgan bo\'lsa-da, skudetto uchun kurashdan voz kechmasligi kerak.
U jamoa bosh murabbiyi Luciano Spallettining ish uslubini alohida e\'tirof etdi. \"Luciano Spalletti menga doim o\'z ishida yoqqan.
Bu murabbiydan, albatta, o\'rganadigan jihatlar bor. U mening sevimli murabbiyim\", deya Kannavaroning so\'zlarini Tuttosport nashri keltirdi.
A Seriyaning 15-turidan keyin \"Yuventus\" 26 ochko jamg\'argan va turnir jadvalida beshinchi o\'rinda bormoqda. Spalletti shogirdlari peshqadam Milanning \"Inter\" jamoasidan yetti ochkoga ortda qolmoqda.













