Upamekano ko‘chishi uning Bavariyada qolishidan darak berdi

Upamekano ko‘chishi uning Bavariyada qolishidan darak berdi
Myunxenning Bavariya klubida to‘p surayotgan himoyachi Dayo Upamekano yozda erkin agent sifatida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Shu sababli fransiyalik futbolchini boshqa top-klublar bilan bog‘layotgan mish-mishlar anchadan beri to‘xtagani yo‘q.

Bild nashri xabariga ko‘ra, Upamekano Myunxen shahri ichida yashash manzilini almashtirgan. 27 yoshli futbolchi bir paytlar Frank Riberi istiqomat qilgan villa tomon ko‘chib o‘tgani aytilmoqda.

Germaniyada bu holatni shartnomasi yakunlanishiga oz vaqt qolgan paytda berilgan ishora sifatida baholashmoqda: Upamekano Bavariyada qolib, klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirishi mumkin. Yakshanba, 21-fevral kuni Bavariya Bundesligada safarda Haydenhaymga qarshi o‘ynaydi.

Bu uchrashuv myunxenliklarning 2025 yildagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.