Radimov: Luis Enrike Safonov va Shevalye orasida tanlov qilishi kerak

“Zenit”ning sobiq yarim himoyachisi Vladislav Radimov Matvey Safonov FIFA Qit'alararo kubogi finalidagi g'alabadan so'ng “PSJ”ning asosiy darvozaboniga aylanishi kerakligini aytdi. Safonov “Flamengo” futbolchilariga qarshi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytardi va parijliklarga yil davomida oltinchi sovrinni olib berdi.
Uchrashuvdan keyin “PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrikedan Safonov endi jamoaning birinchi raqamli posboni bo‘ladimi, deb so‘rashdi. Biroq ispaniyalik mutaxassis bu savolga aniq javob berishdan qochdi.
“Murabbiy o‘ylab ko‘rishi kerak: Shevalye o‘ynaydimi yoki Safonov. Mening fikrimcha, birinchi raqam Safonov.
Bu o‘ziga ishonch bildirilmayapti, deb nolishga urinadiganlar uchun ham yaqqol saboq”, dedi Radimov “Match TV” efirida. Avvalroq shunga yaqin fikrni Andrey Arshavin va Roman Berezovskiy ham bildirgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uchrashuvdan keyin “PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrikedan Safonov endi jamoaning birinchi raqamli posboni bo‘ladimi, deb so‘rashdi. Biroq ispaniyalik mutaxassis bu savolga aniq javob berishdan qochdi.
“Murabbiy o‘ylab ko‘rishi kerak: Shevalye o‘ynaydimi yoki Safonov. Mening fikrimcha, birinchi raqam Safonov.
Bu o‘ziga ishonch bildirilmayapti, deb nolishga urinadiganlar uchun ham yaqqol saboq”, dedi Radimov “Match TV” efirida. Avvalroq shunga yaqin fikrni Andrey Arshavin va Roman Berezovskiy ham bildirgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













