Kafanov: Safonov PSJdan ketishi haqidagi savollarga nuqta qo'ydi

Kafanov: Safonov PSJdan ketishi haqidagi savollarga nuqta qo'ydi
Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov Matvey Safonovning "PSJ"dagi kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, bir necha oy avval Safonov o'yin amaliyoti yetishmagani sabab klubni tark etishi mumkinligi haqida ko'p gap-so'zlar bo'lgan.

"Umid qilamanki, Matvey shu o'yinlari bilan barcha savollarga nuqta qo'ydi va parijliklarning asosiy darvozaboni bo'lishga da'vosini tasdiqladi", dedi Kafanov "Match TV"ga. Eslatib o'tamiz, Safonov "PSJ"ning so'nggi to'rt uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

"Flamengo"ga qarshi oxirgi o'yinda rossiyalik darvozabon penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytardi va jamoasiga Qit'alararo kubokni qo'lga kiritishga yordam berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.