PSJ klubi finalda Li Kan Inni yo'qotdi

PSJ klubi finalda Li Kan Inni yo'qotdi
Chorshanba kuni Qit'alararo kubok finali bo'lib o'tmoqda. Kubok uchun amaldagi Chempionlar ligasi g'olibi PSJ hamda Libertadores kubogi sohibi "Flamengo" bahs olib bormoqda.

Uchrashuvning birinchi bo'limida PSJ tarkibida majburiy almashtirish yuz berdi. Bosh murabbiy Luis Enrike jarohat olgan Li Kan Inni maydondan olishga majbur bo'ldi, futbolchi o'yinni davom ettira olmadi.

Uning o'rniga Senni Mayulu maydonga tushdi. Almashtirish 0:0 hisobida amalga oshirildi, biroq ko'p o'tmay parijliklar Xvicha Kvaratsxeliya kiritgan gol evaziga oldinga chiqib oldi.

O'yin davomining matnli translyatsiyasi LiveResult portalida kuzatib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.