Xabi Alonso: Realda barchamiz prezidentdan futbolchigacha birgamiz

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso matbuot anjumanida ish jarayonidagi bosim va klubdagi talablar haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, u kelgan ilk kunlardan boshlab klub rahbariyati bilan munosabatlar hurmat va ishonchga tayangan.
Alonso “Real”da talablar doimo eng yuqori bo‘lishini, mavsum yo‘li esa uzoq ekani va unda ham muvaffaqiyatli, ham qiyin pallalar uchrashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, klub har doim maksimal natijaga intiladi va barchaning maqsadi bir: prezidentdan tortib futbolchigacha yagona jamoa bo‘lib, ishni imkon qadar eng yaxshi bajarish.
Aynan o‘z ishiga baho berish masalasida Alonso buni o‘zi hal qilmasligini, baholar mavsum yakunida chiqarilishini qayd etdi. Shuningdek, u shaxsiy holati yaxshi ekanini aytib,e, yilni ijobiy kayfiyatda yakunlashni istashlarini qo‘shimcha qildi.
“Real” 20-dekabr, shanba kuni La Ligada “Sevilya”ni qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Alonso “Real”da talablar doimo eng yuqori bo‘lishini, mavsum yo‘li esa uzoq ekani va unda ham muvaffaqiyatli, ham qiyin pallalar uchrashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, klub har doim maksimal natijaga intiladi va barchaning maqsadi bir: prezidentdan tortib futbolchigacha yagona jamoa bo‘lib, ishni imkon qadar eng yaxshi bajarish.
Aynan o‘z ishiga baho berish masalasida Alonso buni o‘zi hal qilmasligini, baholar mavsum yakunida chiqarilishini qayd etdi. Shuningdek, u shaxsiy holati yaxshi ekanini aytib,e, yilni ijobiy kayfiyatda yakunlashni istashlarini qo‘shimcha qildi.
“Real” 20-dekabr, shanba kuni La Ligada “Sevilya”ni qabul qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













