Fransishku Konseysau «Roma» ustidan g'alabani munosib deb baholadi

Fransishku Konseysau «Roma» ustidan g'alabani munosib deb baholadi
«Yuventus» hujumchisi Fransishku Konseysau «Roma»ga qarshi o'yindan keyin fikr bildirdi. Italiya A seriyasining 16-turida bo'lib o'tgan uchrashuv turinliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Konseysauning aytishicha, jarohati jiddiy bo'lishi ehtimoli kam. U jamoa munosib g'alabaga erishganini va vazifani bajarganini ta'kidladi.

Skudetto poygasi haqida gapirar ekan, futbolchi kurashni davom ettirish zarurligini qayd etdi: «Ikki muhim o'yinda g'alaba qozondik, endi keyingi uchrashuv haqida o'ylaymiz. Spalletti talabchan, biroq «Yuventus» doimo yutishi kerak», — deb Konseysau so'zlarini jurnalist Nikolo Skira keltirdi.

16 turdan so'ng «Yuventus» A seriyasi turnir jadvalida 29 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda. Keyingi turda Luchano Spalletti shogirdlari safarda «Piza» bilan bellashadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.