Sport shifokori Safonov jarohati tez bitishini ta'kidladi

Sport shifokori Safonov jarohati tez bitishini ta'kidladi
Sport shifokori Nikita Karlitskiy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning tiklanish muddati haqida fikr bildirdi. Avvalroq Safonov penaltilar seriyasi vaqtida qo'l qismida suyakning mayda bo'lagi ajralib ketgani ma'lum qilingandi.

Xabarlarga ko'ra, rossiyalik posbon maydonga taxminan uch-to'rt hafta ichida qaytishi mumkin. Karlitskiyning aytishicha, bunday jarohatlar odatda juda yaxshi bitadi va jarohat qo'lda bo'lgani uchun u tiklanish uch haftadan ko'proq cho'zilishiga uncha ishonmaydi.

U bu fikrini Match TVga bergan izohida ta'kidladi. Joriy mavsumda 26 yoshli Safonov barcha musobaqalarda to'rtta uchrashuvda maydonga tushdi.

U uchta gol o‘tkazib yubordi va ikki bor darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.