Aston Villa APLdagi so'nggi 12 o'yinning 11 tasida g'alaba qozondi

Aston Villa APLdagi so'nggi 12 o'yinning 11 tasida g'alaba qozondi
Aston Villa hozir juda yaxshi sport formasida. Yakshanba kuni Unai Emeri shogirdlari Angliya Premer-ligasi doirasida o'z maydonida Manchester Yunaytedni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Natijada birmingemliklarning barcha turnirlardagi g'alabali seriyasi 10 o'yinga yetdi. Premer-liga kesimida qaralganda, Aston Villa so'nggi 12 uchrashuvning 11 tasida zafar quchdi.

Shuningdek, jamoa barcha musobaqalarda ketma-ket 10 ta uy uchrashuvida g'alaba qozongan. Aston Villa o'z maydonida oxirgi bor 31-avgust kuni, Crystal Palacega 0:3 hisobida yutqazgan bahsda ochkolarsiz qolgan edi.

Aston Villa Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Unai Emeri jamoasi peshqadam Arsenaldan bor-yo'g'i uch ochkoga ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.